Oliy sud "parda ishi" bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi!

O‘zbekistonda avtomobillarning orqa eshik oynasiga parda taqib yurish masalasi ko‘pdan beri bahslarga sabab bo‘lib kelyapti. Turli darajadagi sudlarning parda masalasida ijobiy qaroriga qaramay, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari yo‘llarda haydovchilarni parda uchun jarimaga tortishdan to‘xtamayapti. Oxir-oqibat parda masalasi eng yuqori sud instansiyasiga yetib bordi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Bugun, 25 avgust kuni Oliy sudda yengil avtomobillarning orqa oynalariga parda taqib yurishga oid ishni ko‘rib chiqib, o‘z qarori bilan parda ta’qib yurish mumkinligini tasdiqladi.

Avtomobillarning orqa eshik oynasiga parda taqib yurish masalasihozircha Oliy sudning o‘zi rasmiy xabar berganicha yo‘q. Ammo bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ulgurdi.

Реклама на Unews

Oliy sudning mazkur qaroriga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev munosabat bildirdi. U oynaga parda taqish ta’qiqlanmaganligi yana bir bor isbotlanganini aytib o‘tgan.

“Jamoatchilikni, haydovchilarni bu kichik xushxabar bilan tabriklayman!”, degan Kusherboyev.

Ma’lumot uchun, Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari va haydovchilar o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘layotgan avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasini Oliy sudda tashkil etilgan ishchi guruh o‘rganib chiqishi aytilgandi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ta’kidlab o‘tgandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring