Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari yana 2,4 mlrd dollar so‘ramoqda
2800 05-12-2020 0 Sport2021 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarini tashkil etish uchun qo‘shimcha 2,4 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu haqda Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining ijrochi direktori Toshiro Muto ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Unga ko‘ra, ushbu mablag‘ning 1,5 milliard dollari o‘yinlarni o‘tkazish bilan bog‘liq operativ ehtiyojlar uchun, yana 900 million dollari koronavirus bilan kurashish uchun zarur bo‘ladi.
Muto tashkilotchilar xarajatlarni kamaytirish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlariga ishontirgan.
Реклама на Unews
Bundan oldin Olimpiada uchun byudjet 13 milliard dollarga baholangan.
Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo ular pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan. Endi Olimpiya o‘yinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkaziladi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Реклама на Unews
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.