Olimlar koronavirusni uy sharoitida davolasa bo‘ladigan ingalyatorni ixtiro qilishdi

Britaniyada Sautgempton universiteti olimlari koronavirusni mustaqil davolash uchun mo‘ljallangan ingalyatorni kashft etishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, qurilma kasallikning erta bosqichida terapiya uchun mo‘ljallangan. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, agar COVID-19 vaqtida davolanilsa, o‘ta jiddiy asoratlarning oldini olish mumkin.

Ingalyator yordamida eksperimental dori vositasi qo‘llaniladi. Bemor nafas olganda dori o‘pkaga tushib, immun tizimning infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi. Olimlarning aytishicha, SNG-001 nomli preparat dori o‘rnida foydalaniladi. U mayda chang zarralaridan iborat bo‘lib, o‘pkaga chuqur kira oladi.

Реклама на Unews

Tadqiqot chog‘ida ingalyator koronavirusning ilk alomatlari paydo bo‘lgandan so‘ng 72 soat davomida bemorlarga beriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring