Olimlar koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qilishdi!

Londondagi Qirollik Kollejining olimlar jamoasi koronavirusga qarshi vaksinani 2021 yilning birinchi yarmigacha yaratishlari mumkinligini aytishmoqda, deya yozdi Tarjumon.

Ayni paytda Buyuk Britaniyada COVID-19 vaksinasini yaratish uchun ikkita olimlar jamoasi musobaqalashmoqda. Ularning birinchisi-Qirollik Kolleji o‘zining raqibi bo‘lgan Oksford universitetining Jenner institutidan ortda qolmoqda. Jenner instituti jamoasi allaqachon vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshlab yuborgan. Agar bu sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lsa,ular vaksinani shu yilning o‘zida ommaga taqdim qilishmoqchi.

Qirollik Kolleji 15 iyundan boshlab o‘z vaksinasini insonlarda sinab ko‘rishni boshlashi kutilmoqda. Agar bu sinovlarda vaksina yaxshi natija bersa,u oktabr oyida keng miqyosda 6 ming kishida qaytadan tekshirilib ko‘riladi.

Реклама на Unews

“Biz vaksinamizni tezkorlik bilan kasalxonalarga yetkazib berish uchun olti oyni sarfladik. Hozirda vaksinamiz kasalxonalardagi bemorlarda sinovdan o‘tkazishga tayyor”, deydi Qirollik Kolleji jamoasi rahbari professor Robin Shattok.Uning qo‘shimcha qilishicha, agar hozirgi izlanishlar yaxshi samara bersa,Qirollik Kolleji jamoasi yaratayotgan vaksina 2021 yilning dastlabki ikki choragigacha tayyor bo‘ladi.

Shuningdek, Shattok Qirollik Kolleji va Oksford Universitetining vaksina ixtiro qilishdagi raqobati foydali ekanligini va ular o‘zaro ma’lumotlarni almashayotganligini ta’kidlagan.

“Biz ko‘pincha bir-birimizga qarshi kurashayotgandek ko‘rinamiz. Lekin, aslida biz yaqin hamkorlikda ish olib bormoqdamiz va ma’lumotlarni almashmoqdamiz. Biz bir-birimizni mag‘lub etishga harakat qilmayapmiz. Biz birgalikda ishlashga va iloji boricha tezroq vaksinani tayyorlashga urinmoqdamiz”, deydi Shattok.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring