Oksfordlik tadqiqotchilar koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi dori yaratdi

Oksford universiteti tadqiqotchilari koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi dori yaratishdi.

Preparat ikkita antikor aralashmasidan iborat. Sinovlar muvaffaqiyatli natijalarni ko‘rsatdi. Va olimlarning ta’kidlashicha, preparat har uchinchi COVID-19 bemoriga yordam berishi mumkin.

“Bemorlarga tomir ichiga tomchilab yuborish yo‘li bilan ikkita antikorning bu kombinasiyasini berish o‘lim ehtimolini beshdan biriga kamaytiradi”, – deydi universitet tibbiyot va epidemiologiya professori Martin Lendri.

Реклама на Unews

Unga ko‘ra, tadqiqotda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 10 ming britaniyalik ishtirok etdi. Shundan so‘ng, mutaxassislar bunday davolanish bilan o‘lim darajasi sezilarli darajada kamayganligini aniqladilar.

Shu bilan birga, faqat koronavirusga qarshi kurashish uchun antikorlarni ishlab chiqmaganlargina ushbu preparat bilan davolanadi. Ta’kidlanishicha, dori narxi 1,4-2,8 ming dollarni tashkil qiladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yangi dori bilan bir qatorda ular Deksametazon steroididan foydalanganlar, bu esa koronavirusning og‘ir kechishiga qarshi kurashda o‘limni kamaytirishga yordam beradi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring