OIV va OITSga gumonlangan shaxslar g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tomonidan o`tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablag`lari hisobidan g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkazish tartibini belgilash to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

 

Prezident qaroriga asosan ichki ishlar organlari tomonidan o`tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablag`lari hisobidan g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish bo`yicha vazifalar belgilangan.

 
 

Ichki ishlar organlari tomonidan o`tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni davlat byudjeti mablag`lari hisobidan g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkazish tartibi tasdiqlanadi.

Реклама на Unews

Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:

  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan o`tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablag`lari hisobidan g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkazish yo`lga qo`yiladi;
  • OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkazish Sog`liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sog`liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi OITSga qarshi kurashish markazlari, tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qo`yish laboratoriyalarida amalga oshiriladi;
  •  OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxsni g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar tegishli moliya yilida sog`liqni saqlash uchun davlat byudjetidan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablag`lar hisobidan amalga oshiriladi.

Sog`likni saqlash vazirligi “Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonun bilan ajratiladigan mablag`lar doirasida OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablag`lari hisobidan g`ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar uchun mablag` ajratilishini ko`zda tutadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring