Ohangarondagi haydovchining o`limi yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Avvalroq Ohangaron tumanida YHXB inspektorlari va haydovchi o`rtasidagi vaziyat hamda haydovchining o`limi bilan bog`liq holat haqida ma`lum qilgan edik. Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

Marhumning o`limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

 

Holatga aniqlik kiritish uchun YHXB xodimlariga biriktirilgan “Body camera”da aks ettirilgan videotasvirlar olingan.  

Реклама на Unews

YHXB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 

Mazkur holat har tomonlama, to`la va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi haqida qo`shimcha xabar qilinadi, deyilgan xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring