BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ogoh bo'ling! O‘zbekistonliklarga xorijdan shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda! Bu juda xavfli

12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘zlariga turli xorijiy telefon raqamlaridan qisqa qo‘ng‘iroq bo‘lganini ma’lum qilishdi. «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi bu qo‘ng‘iroqlar xorijiy firibgarlar tmonidan qilingan bo‘lishi mumkinligini aytib, ularga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslikni tavsiya etdi.

Inspeksiyaning ogohlantirishcha, koronavirus pandemiyasi davrida mobil aloqa operatorlarining abonentlariga nisbatan firibgarlik qilib, hisob raqamlaridan pul yechib olish bilan bog‘liq holatlar uchragan hamda bu holat hanuz takrorlanmoqda.

Jumladan, «Vangiri» firibgarligi. Ya’ni xorij raqamidan qisqa qo‘ng‘iroq qilib, abonent ushbu raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilganidan keyin uning hisobidan katta mablag‘ yechib olish holatlari kuzatilgan. Firibgarlar abonentga qo‘ng‘iroq qilgach, gapirmasdan aloqani uzib qo‘yadi. Ayrim odamlar esa xorijdan qo‘ng‘iroq qilingan va o‘tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilish oqibatida ularning hisobidan mablag‘ yechib olinadi.

Shuningdek, mobil aloqa operatorlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, karantin davrida plastik kartalarni elektron tizimlar orqali boshqarilishida uchragan shubhali harakatlar monitoring kilinib, firibgarlikning oldini olish borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

«O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona xorij raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va u o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, o‘sha raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilmaslik, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qiladi.

Ma’lumot uchun, «Vangiri» yapon tilidan olingan so‘z bo‘lib, kiberfiribgarlik usullaridan biri hisoblanadi. Firibgarlar turli usullar bilan abonentni pulli raqamga (premium-rate number) qo‘ng‘iroq qilishga majbur qiladi va uning hisobidan mablag‘ yechib oladi. Firibgar pulli raqamdan qisqa qo‘ng‘iroq qiladi va abonent qo‘ng‘iroqni ko‘tarishga ulgurmasidan tezda aloqani uzadi. Xorijdan muhim qo‘ng‘iroq kutayotgan fuqaro esa bilib-bilmay mazkur raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qiladi va o‘z hisobidagi mablag‘ning yechib olinishiga sharoit yaratib beradi.

Rossiyada sotilayotgan UzAuto Motors avtomobillarining narxlari e’lon qilindi "UZAUTO MOTORS" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020 yilni 15 iyunda General Motors bilan tuzilgan kelishuv doirasida UzAuto Motors Rossiya Federatsiyasida Chevrolet rusumli ommaviy avtomobil segmentini sotuvi boshladi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri. "Rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi" - deyiladi kompaniya xabarida. «UzAuto Motors» rasman avtomobil narxlarini oshirdi (yangi narxlar) UzAuto Motors'ning Rossiya bozoridagi rasmiy distribyutori «Keles Rus» MChJ avtomobillarni quyidagi narxlarda sotmoqda: "Chevrolet Spark — bu Rossiya avtomobillar bozorida avtomat uzatmali A sinfiga mansub eng raqobatbardosh model taklif sanaladi. Ixcham Spark shahar xetchbeki 1,25 litr (85 ot kuchi) dvigatel va Yaponiyaning AISIN Seiki Co Ltd. ishlab chiqaruvchisidan avtomatik uzatma bilan jihozlangan. Model uchta komplektatsiyada mavjud: LS AT, LT AT va LTZ AT. Narxi 719 900 rubldan. (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 105 million so‘m atrofida) V sinfiga mansub Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt 6 bosqichli avtomat uzatma qutisi mavjudligi bilan ajralib turadi, Cobalt esa boshqa qulayliklar bilan bir qatorida qulay, keng ichki va eng katta yukxonasiga (563 litr) egaligi bilan iste’molchi uchun muhim. 1,5 litr (105 ot kuchi) dvigateliga ega Chevrolet Nexia to‘rt komplektatsiyada taqdim etilgan: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT modellarida taqdim etiladi. Narx 699 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 101,7 million so‘m atrofida). 1,5 litrli dvigatelga ega (106 ot kuchi) Chevrolet Cobalt to‘rt komplektatsiyada mavjud: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT. Narxi 749 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 109 million so‘m atrofida) Shuningdek, savdo boshlanishi bilan bir vaqtda «Keles Rus» MChJ hamkorlar bilan birgalikda Chevrolet modellarini imtiyozli shartlarda sotib olishni ta’minlaydigan bir qator moliyaviy dasturlarni va treyd-in (mijozning avtomobilini yangisiga almashtirish) yo‘lga qo‘yishini ma’lum qilgan. "UzAuto Motors" avtomobillarining O‘zbekistondagi eski va yangi narxlari:  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring