BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

⚡️Ogoh bo'ling! Koronavirus yuqtirib olgan bolalarda «Kavasaki sindromi» alomatlari paydo bo‘lmoqda. Bu nima?

Sevara Ubaydullayeva, SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi:

“Kavasaki sindromi” genetik kasallik bo‘lib, u asosan 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. 
Bu — juda ham kam uchraydigan katta va mayda qon tomirlar o‘zgarishi, bola organizmining tizimli o‘zgarishi bilan kechadigan kasallik. 

Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda, Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni Qozog‘iston davlatida ham bu sindromga o‘xshash holatlar bolalarda kuzatilayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Bizning davlatimizda bu kasallik uchramadi deyishimiz qiyin, balki bolalarda kechgan o‘rta og‘ir turlarida bu kasallik belgilari o‘xshash holatlar kuzatilgan bo‘lish ehtimoli bor. 

Bizda bu sindrom uchradi deyishimiz uchun kasallik tasdiqlanishi kerak. Bugungi kunda bu sindromga o‘xshash holatlar aniq o‘z tasdig‘ini topmadi.  Biroq bu bizda kuzatilmaydi ham degani emas,  Kavasaki sindromiga o‘xshash kasalliklar bolalarda kuzatilishi va ko‘payishi ham mumkin.  

Bu sindromga o‘xshash kasallik kelib chiqishida koronavirus ta’sirida bola organizmida kechadigan kuchli yallig‘lanish uning immun tizimini kuchayishi, qon-tomirlar o‘tkazuvchanligini buzilishini keltirib chiqaradi.

Bolaning tana harorati 5 kun va undan ortiq 38 darajadan yuqori bo‘ladi;
tanasida turli toshmalar toshishi kuzatiladi, qo‘llar kafti va tovonlar terisi ko‘chishi kuzatilishi mumkin. 

Bola organizmida kechayotgan jarayonni og‘ir yoki yengilligiga qarab bu belgilar kuzatiladi.  
Ota-onalar bolalarda shamollash alomatlarini paydo bo‘lishi bilan poliklinikalardagi oilaviy shifokor yoki pediatrga murojaat etishi lozim.

Bu sindrom yurak miokardiga bo‘lgan ta’siri sabab miokardit kasalligini keltirib chiqaradi, ba’zi hollarda bola organizmidagi kuchli immun reaksiya uning o‘limi sababchisi bo‘lib qolishi ham mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring