OFK "Nasaf"ni katta jarimaga tortdi

Osiyo futbol konfederasiyasi Qarshining "Nasaf" klubini jarimaga tortdi. Bu haqda SA xabar tarqatmoqda. 

Unga ko`ra, jamoaning OFK kubogi 2021 yilgi mavsumi doirasidagi Gonkongninng "Li Man" klubi bilan uchrashuvda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etmagani asos bo`lgan. 

Tartib-intizom qo`mitasining qarorlari e`lon qilindi. Unda ta`kidlanishicha, "Nasaf" va "Li Man" jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda quyidagi qoidabuzarliklar qayd etilgan:

Реклама на Unews

1) 320 nafar muxlis futbolchilar zaxirasi uchun mo`ljallangan joyga o`tirgan;

2) 2 nafar muxlis hakamning yakuniy hushtagi chalinganidan keyin maydonga tushib ketgan;

3) klub xavfsizlik bo`yicha o`z zimmasidagi vazifalarni ta`minlay olmagan;

Реклама на Unews

4) maydon atrofida akkreditasiyasi yo`q shaxslar yurgan;

5) tomoshabinlar stadionda tamaki chekkan. 

OFKning Tartib-intizom qo`mitasi yuqoridagi holatlarni o`rganib chiqib, qaror chiqardi:

1) "Nasaf" tartib-intizom kodeksining 22.2 bandini buzgani uchun 28 ming AQSh dollari miqdorida jarima to`laydi;

2) Tartib-intizom kodeksining 34.1 va 34.3 bandlarini buzgani uchun shartli ravishda (!) 21 ming AQSh dollari miqdorida jarima. Bu band agar yaqin 2 yil ichida shu holat yana takrorlansagina faollashadi;

3) Tartib-intizom kodeksining 1-paragrafi bo`yicha 90 kun ichida 7 ming AQSh dollari to`lash majburiyati.

Shuningdek, shunday holat yana qaytarilsa, bundan ham qattiqroq chora ko`rilishi ta`kidlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring