BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ob-havo yana isib ketishi mumkin: mutaxassisdan xavotirli prognoz

«Rosgidromet» bosh direktori R.Vilfand hafta boshida Rossiyaning Yevropa qismi, hafta o‘rtalaridan Rossiyanining janubida mavsum uchun xos bo‘lmagan anomal issiq kunlar bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Lenta nashri xabar berdi. 

Hafta boshida Rossiya g‘arbida o‘rtacha sutkalik havo harorati iqlimiy me’yordan 7-8 darajagacha yuqori «iliq» bo‘ladi. Hafta oxirlarida Volgabo‘yi hududlarida ham issiq havo to‘lqini saqlanadi va bu yerda harorat me’yordan 4-6 daraja yuqori bo‘ladi.

«O‘zbekistonga katta ehtimol, hafta oxirlarida Kavkaz hududlari orqali Ural-Volga bo‘yi hududlariga kirib borishi kutilayotgan iliq havo to‘lqini ta’sir ko‘rsatadi va dam olish kunlari kunlar iliy boshlaydi», — deya yozmoqda UzbMeteo kanali muallifi Erkin Abdulahatov.

Yaqin kunlarda Rossiyaga sovuq havo oqimlarining kirib kela olmasligi yoki boshqacha aytganda, Rossiya uchun iliq qish mavsumi O‘zbekiston uchun ham iliq qish kunlari bo‘lishiga olib keladi.

Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftada O‘zbekistonda sovuq ob-havo hukmron bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Fikr qoldiring