Nyu-Yorkda favqulodda holat e`lon qilindi

Nyu-York shtatida poliomielit tarqalishi sababli favqulodda holat e`lon qilindi. Buyruqni gubernator Keti Xoul imzolagan.

 

21 iyul kuni Roklend okrugida emlanmagan falaj poliomielit kasalligi aniqlangan. Virus vaksinadan olingan poliomielit virusi sifatida aniqlangan va oxirgi marta Nyu-Yorkda 1990 yilda qayd etilgan.

 

“Nyu-York shtatida falokat yuz berdi, mahalliy hokimiyat uni bartaraf eta olmaydi. Shu bilan 2022 yil 9 oktyabrgacha shtat bo`ylab favqulodda holat e`lon qilaman”, deyiladi hujjatda.

Реклама на Unews

 

Iyun oyida Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash agentligi London kanalizasiyasida poliomielit virusi izlari topilganidan keyin milliy favqulodda holat e`lon qilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring