Nurmat Otabekov juda muhim ma'lumotni e'lon qildi!

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini yuz berishi mumkin. Joylarda karantin choralarini nomigagina bajarish shundan jiddiy oqibatga olib kelishi mumkin. Bu haqda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi. Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
 

Bosh inspektor supermarket va bozorlarga kirish joyidagi termometrlar natijasining statistikasi yig‘ish, jamlash, yuqori tashkilotlarga uzatish, tuman, shahar, viloyatlar va respublika darajasida shakllantirish hamda tahlil qilish juda mushkul jarayon ekanini ta’kidladi.

“Harorati ko‘tarilgan shaxslarning nechtasi shifoxonaga borganligini surishtirish va aniqlashning imkoniyati ham yo‘q.

Реклама на Unews

Asosiy maqsad — tana harorati ko‘tarilganlarning sonini sanash emas, balki ularni kasallik manbai sifatida boshqalardan alohidalash, bir paytning o‘zida ko‘proq odamlar bilan muloqotda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Afsuski, ayrim joylarda bu ishlar nomigagina qilinyapti, harorati past yoki baland ekanligiga qaralmayapti. Buning esa oxiri voy bo‘lishi mumkin. Koronavirusdan qutuldik, degan davlatlarda, kasallik epidemik avjining yangi to‘lqini paydo bo‘layotgani hammamizning ko‘zimizni ochishi kerak”, dedi Otabekov.

Yoz bizni qutqara olmaydi: Yoxud yuqori harorat COVID-19’ni o‘ldira olmasligi ma’lum bo‘ldi!

Реклама на Unews

Ibrat vaqti! Ruza tutish qachondan va kimdan boshlangan?

Mahbuslar qamoqdan chiqish uchun ataylab koronavirus yuqtirishga urinishdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring