BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Nurmagomedov bilan Getjining nigohlari to‘qnashdi (video)

Aralash uslubdagi jangchilar (MMA) rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan amerikalik Jastin Getjining nigohlari to‘qnashdi. Video-rolik «MMAFightingonSBN» YouTube-kanaliga joylangan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Sportchilar 24-oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC musobaqasining asosiy jangida kuch sinashadi. Nurmagomedov va Getji qo‘l berib ko‘rishib, o‘zlarini do‘stona tutishdi. Faqat amerikalik jangchi tashkilotning vaqtincha chempionlik kamari bilan rasmga tushishdan bosh tortdi. U Nurmagomedovning kamariga ishora qilib: «Menga shu kerak», dedi.

Nurmagomedov — UFCning yengil vaznda amaldagi chempioni. Getji yurtdoshi Toni Fergyuson ustidan g‘alaba qozongach, titut jangini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov shu paytgacha jami 28 ta jang o‘tkazib, 28 marta g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. Jastin Getji hisobida esa 22 ta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bor.

Habib Nurmagomedov: «Men qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlayman» UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bolalar tarbiyasi haqida gapirib o‘tdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.- "Men hozircha qanday ota ekanligimni anglab yetganimcha yo‘q. Boisi uchala farzandim ham hali juda yosh. Ammo qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlardim. Qoidalarga ko‘ra, ota-ona qanchalik qattiqqo‘l bo‘lsa, farzandlarning natijalari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Ularni erkalatib yuborish kerak emas. Otalik ko‘plab narsalarni o‘zgartiradi. Avvaliga sening bolalaring borligini tushunmaysan. Keyin esa ko‘plab narsalarni boshqacharoq qilishni boshlaysan.Men qattiqo‘l ota bo‘lishni istayman, boisi mendagi imkoniyatlar bilan bolalarni nimalardandir cheklash juda qiyin bo‘ladi. Bolalarni esa har doim qaysidir vaziyatlarda cheklab turish lozim: vaqt va shaxsiy ehtiyojlar bo‘yicha. Menda doim cheklovlar bo‘lgan.Do‘stlarimning badavlat otalari bor. Menda esa unday bo‘lmagan. Otam bunday narsalarga boshqacha qaragan, men ham u kabi fikrlashni istayman. Biroq menga qiyin bo‘ladi, chunki otam ham boshqa vaqtlarda ulg‘aygan", - deydi Habib Nurmagomedov.Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 24 oktabr, shanba kuni tunda Jastin Getjiga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi. Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 
Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring