“Nu, pogodi!” multfilmi yangi talqinda namoyish etiladi — unda 3 ta yangi qahramon bor

“Senimi, shoshmay tur!” (Nu, pogodi!) multiplikatsion seriali yangi talqinda suratga olinadi. Unda uchta yangi qahramonlar — Kiyik Ulya, Bo‘rsiq Tim hamda Kirpi Shu qo‘shiladi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

“Senimi, shoshmay tur!”ning 3D formatini tayyorlashda doimiy tanish qahramonlar bilan birga zamonaviy bolalar va ularning ota-onalari ishonchiga kira oladigan yangi personajlarni topishga harakat qildik”, - deydi multserialni sur’atga olayotgan «Soyuzmultfilm» studiyasi bosh direktori Yuliya Osetinskaya.

Yangi serial bolalar o‘sib-ulg‘ayayotganida ularga "ijobiy na’muna" kerak bo‘ladigan 6-8 yoshli bolalarga mo‘ljallab olinmoqda, deya qo‘shimcha qiladi Osetinskaya.

Реклама на Unews

"Tim, Shu va Ulya bir-biriga mos keladi, ular o‘ziga ishongan, do‘stona va har doim yordam berishga tayyor. Ishonchim komilki, tomoshabinlar yangi qahramonlarni yaxshi ko‘rishadi. Biz ularga haqiqatan ham yoqamiz ”, - deydi bosh direkor.

Eski multserialning yangi talqini «Soyuzmultfilm» kinostudiyasi tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan sur’atga olinmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring