Norvegiya chuqur iqtisodiy inqirozga botdi

Koronavirus pandemiyasi Norvegiyada Ikkinchi jahon urushidan beri eng yirik iqtisodiy inqirozga olib keldi. Qirollik moliya vaziri Yan ture Sanner bu haqda ma’lum qildi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Mamlakat statistika idorasi e’lon qilgan ma’lumotda Norvegiya materik qismida YaIM pasayishi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 2,5 foizga yetgani aytiladi.

«Tadqiqotlar 2020-yildagi qulash (iqtisodiyot) 1970-yildan beri eng kattasi ekanini ko‘rsatmoqda, biroq buni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik inqiroz desa ham bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi yo‘qotish juda ulkan», — moliya vazirining so‘zlarini keltirmoqda NRK teleradiokompaniyasi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring