BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Nomaqbul harakatlar qilgan YPX xodimi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqda «Toshkentda uyqudagi GAI» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jo‘raqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligi, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat davomida turli nomaqbul harakatlari, mas’uliyatsizligi sabab Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi, shuningdek, ushbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanishi bo‘yicha xulosa qilingan.

16 sentyabr kuni O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 16 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra: TOShKENT ShAHRI Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 32-34° bo`ladi. QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 32-37° bo`ladi. BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 32-37° bo`ladi. TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo`ladi. QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 33-38° bo`ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29-34° bo`ladi. RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

Fikr qoldiring