Nogironlik belgilari aniq ko`rinib turgan shaxslarga nogironlik qo`shimcha tekshiruvlar o`tkazilmaydi

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Shu tariqa tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatiga oid bo`lgan me`yoriy-xuquqiy hujjatlar bitta hujjatga jamlandi.

Bunda:

Реклама на Unews

  • respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi, tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari to`g`risidagi Nizomlar;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida fuqarolarni ko`rikdan o`tkazish tartiblar;
  • zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar o`tkazish uchun biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari ro`yxati;
  • fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko`rikdan o`tkazish uchun qabul qilish va o`tkazish tartibi, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro`yxati va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik belgilari aniq ko`rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo`lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlar hamda ko`rikdan qayta o`tkazish muddati ko`rsatilmasdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar ro`yxati;
  • jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yo`qotilishi darajasini ekspertizadan o`tkazishning asosiy mezonlarini, kasblar faoliyati bilan bog`liq kasb kasalliklari ro`yxatini, jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yo`qotilishi darajalari hamda ularni belgilash tartiblari tasdiqlandi.

Bundan tashqari, qarorda nogironlik belgilari aniq ko`rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo`lgan shaxslarni klinik-funksional ma`lumotlarni olishga doir qo`shimcha tekshiruvdan o`tkazmasdan turib, ular nogironligi bo`lgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilash ko`zda tutilgan.

Nogironligi bo`lgan shaxslarni reabilitasiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqishning muddatlari va bosqichlarini, uni ishlab chiqishda nogironligi bo`lgan shaxs hamda mutaxassislar ishtirokini, dasturni bajarishda bajaruvchi tashkilotlarga qo`yiladigan talablar hamda unda belgilangan tadbirlarning monitoringini olib borish va bajarish natijalarini baholash aniq vazifa etib belgilangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring