Nodirbek Abdusattorov firibgarlik haqida: «Hatto grossmeysterlar har doim ham to‘g‘ri o‘ynamaydi»

Shaxmatning rapid yo‘nalishida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov shaxmatdagi firibgarlik, xususan, onlayn-shaxmatga bo‘lgan munosabat haqida gapirdi.

- "Bu jiddiy muammo va unga qarshi kurash choralari qattiq bo‘lishi lozim. Muammoning ko‘lami oshib boraveradi, chunki o‘yinda ayyorlik ishlatish juda oson.

Tarmoqda ko‘plab firibgarlar bilan o‘ynaganman, bu ularning yurishlarida seziladi. Biroq onlaynda o‘yinchining toza ekanligini aniqlash qiyin. Hatto grossmeysterlar har doim ham to‘g‘ri o‘ynamaydi
", - dedi Nodirbek Abdusattorov.

«Chess.com» sayti tekshiruvlari natijasiga ko‘ra amerikalik grossmeyster Hans Nimann 100 dan ortiq onlayn o‘yinlarda firibgarlik ishlatgan bo‘lishi mumkinligi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, Islandiya bo‘lib o‘tgan Fisher shaxmati bo‘yicha Jahon chempionatida Abdusattorov uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Magnus Karlsenga qarshi dona surib, mag‘lubiyatga uchradi va 4-o‘rinni egalladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring