Niqob taqmay yurganlarni jazolash vakolati IIVga ham beriladi

Kecha bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisida pandemiya qoidalarini buzganlarni jazolash vakolati ichki ishlar organlari xodimlariga ham berilishini ko‘zda tutuvchi qonun ma’qullangan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada niqob taqmay yurganlarni IIV va milliy gvardiya xodimlari ushlab, jarima yozishayotgani ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Chunki bunday holatda ichki ishlar xodimlari ularni jazolash vakolati ega emasdi. Bu vakolat faqat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlarida bor edi.

Endi esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati ichki ishlar organlariga ham beriladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etib harakatlanayotgan mashinalarni ushlab turish tartibi ham joriy qilinmoqda.

Qonunni senatorlar ma’qullashgan. U prezident imzolagach, kuchga kiradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring