«Nimaga korrupsiya bo‘lyapti? Nimaga yer sotyapti? Qayerga qarayapti bu noinsoflar?» — Mirziyoyev

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish yanada kuchaytiriladi. Bu haqda 28 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

«Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha menga taklif berish kerak. Raqamlashtirishni tezlashtirmasak, korrupsiyani yo‘q qilolmaymiz. Eng katta narsa — raqamlashtirish. Pullarni iqtisod qilib, odamlarning roziligini oshiraversak, jamiyat o‘zgaradi.

Korrupsiyadan holi tarmoq qilish kerak. Hammasi davlatning, xalqimizning puli. Nimaga korrupsiya bo‘lyapti? Nimaga yer sotyapti? Qayerga qarayapti bu noinsoflar? 1 iyuldan boshlab kim mana shunday qilsa, tuman, shahar hokimi jazolanadi, qonun bor unga.

50 ming dollar pora berayotganda qo‘lga tushyapti, mashina olayotganda qo‘lga tushyapti. 30 ming (dollar) bilan qo‘lga tushyapti. Nima bu? Tizim bo‘lib ketganmi Samarqandda?

Hamma viloyatlarga tegishli, endi birinchi rahbar ishdan ketadi. Tizim bundan ham qattiq bo‘ladi. Qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar ishonishi kerak O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga.

Alohida korrupsiya bo‘yicha qonunni tezlashtirish kerak. Qonun ustuvor, jazo muqarrar ekanini ko‘rsatish kerak. Pulni o‘g‘rilik qilishi uchun topib berganimiz yo‘q. Buni odamlarni eshitish uchun qilyapmiz. Odamlarning og‘irini yengil qilish uchun qilyapmiz.
Yurib, ko‘rib ko‘rmaslikka olganmiz 27 yil. Endi bitta narsa — qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 30-05-2021 cayot

    Tug'uruq honalaga odamla qo'yila, korrupsiyani eng botqoq joyi o'sha yer bo'ladi, jarrohidan tortib akusherigacha uyalmastan palon summa berasan dep so'rab oladi, o'sha so'ragan summasini bermasez sizziyam, bir chetta oh vohlab yotgan ayolingizniyam odam o'rnida ko'rmidi 😔😔😔

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish