Nega O‘zbekistonda antitanachalarga ommaviy test o‘tkazilmayapti?

Kecha AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘ladi?
— Olimlarning fikricha, vaksinani ommaviy mikdorda ishlab chiqish uchun 2 oydan 2 yilgacha vaqt ketishi mumkin.
Shu hafta Rossiyaning Gamalei nomidagi mikrobiologiya institutida koronavirusga karshi ishlab chiqilgan vaksina bilan institutning barcha xodimlari emlangani va hozircha hech qanday asoratlar kuzatilmagani haqida xabar berishdi.

Biroq bu hozircha tajriba ekani ta’kidlanmoqda.

— Qat’iy karantin joriy qilingan vaqtda har kuni 5-10 nafar bemor aniqlanardi, karantin yengillatilishi bilan bu ko‘rsatkich bir necha o‘nliklarga chiqdi. Bunga qanday izoh berasiz?
— Qat’iy karantin rejimi mamlakatda birinchi koronavirus aniqlangan paytdan joriy qilingan va hozirgacha saqlanib qolingan. Faqatgina so‘nggi ikki haftada davolanganlar soni kasallanganlar sonidan ortganda karantin shartlarini bosqichma-bosqich yengillatishga qaror qilindi.

— Koronavirusdan himoyalanish uchun profilaktik dori ichish kerakmi?
— Koronavirusning medikamentoz profilaktikasi yo‘q!
Kasallikni oldini olishning yagona yo‘li — karantin choralariga rioya qilish. Immunitetni ko‘tarish uchun esa jismoniy faollik kerak.

— Nega O‘zbekistonda antitanachalarga ommaviy test o‘tkazilmayapti?
— Hozirgi kunga qadar koronavirusni aniqlash va davolash va muloqotda bo‘lganlarni karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik. Antitanachalar davolanib chiqqan bemorlarda paydo bo‘ladi.

Aholi orasida IFA tahlilini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

— Nogironligim bo‘yicha sanatoriyda davolanishim uchun koronavirus yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘rashyapti. Men pul to‘lab tekshiruvdan o‘tamanmi?
— Epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining buyrug‘iga asosan, koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili bugungi kunda bepul qilinadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring