Navro‘z bayramini 10 kun nishonlash taklif etilmoqda

Qozog‘istonda Navro‘z bayramini 10 kun nishonlashmoqchi. Tengrinews’ning xabar berishicha, Navro‘z bayramini nishonlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Hujjatga ko‘ra, ushbu bayramni 14 martdan 23 martgacha nishonlash taklif etilmoqda:

  • 14 mart — Tabriklar kuni;
  • 15 mart — Tabiat kuni;
  • 16 mart — Ajdodlar xotirasi va duolari kuni;
  • 17 mart — Tarix kuni;
  • 18 mart — Hayrli ishlar kuni;
  • 19 mart — Sport va mahorat kuni;
  • 20 mart — Donolik va bilim kuni;
  • 21 mart — Milliy taomlar kuni;
  • 22 mart — Xalqning ulug‘ kuni;
  • 23 mart — Ehtirom kuni.

«Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ‘Mustaqillik — eng aziz ne’mat’ maqolasida Navro‘z bayramini nishonlash konsepsiyasini ishlab chiqish va bahor bayrami mazmunini boyitishga ko‘rsatma berdi. (…) Navro‘z bayramining asosiy maqsadi — Qozog‘iston zaminida tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash, milliy o‘zikni saqlash, oilaviy qadriyatlarni ommalashtirish, atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirish», — deyiladi hujjatda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring