Navoiyda yana bir noqonuniy er savdosiga chek qo`yildi

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Navoiy shahar A.Yassaviy ko`chasida yashovchi M.N. tanishi B.D.ga Karmana tumani Chutqara massividagi 182 metr kv noturar er maydonini sotmoqchi ekanligini, keyinchalik nomiga rasmiylashtirib berishini aytadi. 

 

Uning gaplariga ishongan B.D. er maydoni M.N.ga tegishli emasligidan xabari yo`q edi. Shu sababli erni 9.800 AQSh dollariga savdolashadi. M.N. 108 mln/ so`mni B.D.dan olayotgan vaqtida Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi, Er resurslarini talon-toroj qilinishiga qarshi kurash bo`linmasi, Navoiy viloyati prokuraturasi, Departamentning viloyat boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor tadbirda daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi. 

 
 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring