Navoiyda koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan millionlab pullar talon-taroj qilindi

Novoiyda koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan millionlab pullar talon-taroj qilindi. Bu haqda sof.uz xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, viloyatda Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larini maqsadli sarflanishi o‘rganilganda, millionlab pul rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan.

Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar til biriktirib, ikkita korxonadan dezinfeksiya vositalari hamda tibbiyot buyumlarini qimmat narxda sotib olib, 222,3 mln so‘mni talon-taroj qilgan. Ma'lum qilinishicha, jamg‘armaga 5 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lgan.

KHozirda ushbu holat yuzasidan yuqorida qayd etilgan mansabdorlar hamda ikkita korxona rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq viloyatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holat yomon ekanligi, u yerda kasallik tarqalishidagi asosiy o‘choqlar aniqlangani xabar qilingan edi. Shuningdek, ushbu hududga poytaxtdan malakali shifokorlar yuborilgan. SSVning 29 may kuni soat 23:00 da tarqatgan ma'lumotiga ko‘ra Navoiyda 119 nafar bemor aniqlangan, ularning 12 nafari sog‘aygan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring