Navoiyda fermerning qabri nega ochildi? Prokuratura izoh berdi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida «Xatirchilik fermerning qabri ochildi, ammo ekspertiza xulosalari yaqinlariga ko‘rsatilmayapti» sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga viloyat Prokuraturasi izoh berdi.

Xabarga ko‘ra, Xatirchi tumanidagi Qahramon kanalidan M.M.ning jasadi jarohatlarsiz topilgan. Shuningdek, 2021 yilning 31 mart kuni viloyat Prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat-protsessual kodeksining 375-moddasiga (Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini ta’minlash) ko‘ra, tergovchi ayblov xulosasi sudga yuborilishi yoki ish tugatilgani to‘g‘risida jabrlanuvchi, da’vogar, javobgarlarning vakillariga xabar qiladi. Agar ular xohlasa, barcha ish materiallari bilan tanishtiriladi.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring