Navoiyda erini bolta bilan chopib tashlagan ayolga hukm o‘qildi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida ayol erini bolta bilan chopib tashladi. Bu haqda UNEWS.UZ muxbiri xabar qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilning 1 avgust sanasida tumanda yashovchi ayol eri bilan janjallashib qolgan. So‘ngra erining uxlab yotganidan foydalangan ayol unga 13 marta bolta bilan urgan va o‘ldirgan. Ta’kidlanishicha, o‘sha vaqtda erkakning yonida voyaga yetmagan farzandi ham uxlab yotgan bo‘lgan. Ayol shundan so‘ng qilmishini yashirish uchun uyga o‘t qo‘ygan va o‘g‘liga qon tekkan yerlarni yuvib tashlagan.

Huquq tartibot oragnlarining sa’yi harakati bilan qotillik fosh etilgan. Ayol sud qilingan va uning qaroriga ko‘ra 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring