BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

«Nasaf» 9 kishi bo‘lib o‘ynagan «As-Sadd»ni yenga olmadi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida Qarshining «Nasaf» klubi Qatarning «As-Sadd» jamoasi bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida qatarliklar himoyachisi Abdulkarim Hassan darvozabon bilan birga bir chiqib ketayotgan «Nasaf» futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va qizil kartochkaga oldi. 31-daqiqada qarshiliklarning burchak zarbasidan keyin Pedro Korrea o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan raqiblar muvozanatni tiklashdi. Ko‘p o‘tmay, 63-daqiqada Pedro Korrea ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan haydaldi. Qolgan yarim soat mobaynida «As-Sadd» 9 kishi bo‘lib o‘ynadi. «Nasaf» bu imkoniyatdan foydalana olmadi.

OChL

1-tur bahsi

«As-Sadd» — «Nasaf» 1:1

Gollar: 0:1 — 31 Pedro Korrea (avtogol), 1:1 — 55 Bualim Huhi.

«As-Sadd»22. Mishaal Barsham, 2. Pedro Korrea, 3. Abdulkarim Hassan, 5. Jung Vu Yung, 8. Ali Asad (6. Tariq Salmon, 68), 16. Bualim Xuxi, 15. Akrom Afif (20. Salim al-Hajri, 81), 17. Gilerme Torres, 19. Santi Kasorla, 10. Hasan al-Haydos (7. Muhammad Vaad Albayati, 68), 11. Bag‘dod Buneja.

«Nasaf»: 1. Umidjon Ergashev, 8. Dilshod Saitov, 92. Umarbek Eshmurodov, 4. Husniddin Aliqulov, 2. Alibek Davronov, 7. Sharof Muhitdinov (18. Bahrom Abdurahimov, 67), 20. Shahzod Akramov (17. Suhrob Nurulloyev, 46), 88. Marko Stanoyevich, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 99. Semir Smaylagich (10. Husayn Norchaev, 54).

Ogohlantirishlar: Semir Smaylagich (11), Suhrob Nurulloyev (50), Alibek Davronov (61), Pedro Korrea (61).

Chetlatishlar: Abdulkarim Hassan (26), Pedro Korrea (63).

Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring