Namanganlik yana uch nafar o`quvchi xorijning nufuzli universitetlaridan grant yutib oldi

Chust tumanidagi 64-umumta`lim maktab o`quvchisi Hamidullo Abdurahmonov IELTS dan 7,5 ballni qo`lga kiritib, AQShning Webster universitetidan 16000 dollar,  Clarkson universitetidan 35000 dollar, Purude universitetidan 20000 dollar miqdorida grantlarni yutib oldi.  Bu haqda Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar bergan.

 

Tumandagi 19-DIMIning 11-sinf o`quvchisi Jo`rabek Samiev ham shunday muvaffaqiyatga erishgan o`quvchilardan. Ayni paytda u AQShning Missuri shtati, Sent-Luis shahridagi Webster universitetining iqtisodiyot yo`nalishiga talabalikka qabul qilindi. Shu bilan birga universitetda o`qish uchun yiliga 19000 dollar, 4 yil uchun 76000 dollar grant sohibiga aylandi.  

Реклама на Unews

74-umumta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi Nodirbek Mahmudov esa Florida universitetida ta`lim olish uchun 40000 dollar miqdorida grantni  qo`lga kiritdi.  

Chuqur bilim va yuksak salohiyatli yoshlarimizga zafarlar yor bo`lsin!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring