Namanganda tez yordam avtomashinasi va "Kobalt" ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi. Haydovchi esa og‘ir jarohatlandi

SHu yil 26 iyul kuni Namangan shahrida tez yordam avtomashinasi va "Kobalt" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Viloyat IIBning xabar qilishicha, "Kobalt" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan tez tibbiy yordam mashinasi bilan urilgan. Natijada "Kobalt" haydovchisi ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi bilan jarohatlangan. "Damas" tez yordam mashinasi haydovchisi og‘ir jarohatnalib, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. "Damas"da yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro esa og‘ir jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring