“Namanganda tadbirkorni urgan va qo`lini sindirgan IIB xodimlariga jazo bormi?” Tafsilotlar ma`lum qilindi (video)

Kecha, 27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Pop tumanidagi tadbirkorni urgan va qo`lini sindirgan IIB xodimlariga jazo bormi?” nomi ostida tarqatilgan videotasvirlar internet foydalanuvchilarining muhokamalariga sabab bo`lmoqda.

 

Namangan viloyati IIB ushbu holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Реклама на Unews

Keltirilishicha, Pop tumani IIB 7-sonli IIB XPG profilaktika inspektori 2020 yilning 27 oktyabr kuni soat 14:00larda, o`ziga biriktirilgan Pop tumani Qo`shminor MFYda joylashgan, Pop tumanida yashovchi 1972 yilda tug`ilgan ayolga tuman xokimligi tomonidan tadbirkorlik qilish uchun ajratilib berilgan er maydoniga Qo`shminor MFY raisi hamda tuman er kadastir bo`lim mutaxassislari bilan birgalikda ayol arizasi yuzasidan o`rganish davrida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash uchun borgan. 

Shu vaqtda, Pop tumani G`urumsaroy MFYda yashovchi 1982 yilda tug`ilgan fuqaro o`zboshimchalik bilan xech kimdan so`ramay erni egallab olib, texnikalarni er ichiga olib kirib ishlatyotganligi aniqlangan. 

Fuqaroga bu harakatlari qonunga to`g`ri kelmasligini, nizoli holatni oldini olish maqsadida faollar tomonidan dalolatnoma tuzib vaqtincha qurilish texnikalarini to`xtatib turishlik to`g`risida tushintirilgan. Biroq, fuqaro ko`pchilik oldida arizachi ayolni uyatli so`zlar bilan so`kib, haqorat qilib kamsitganligi, shundan so`ng fuqaroni tinchlantirish uchun XPB profilaktika inspektori tomonidan tartibga chaqirilgan vaqtida fuqaro IIB xodimiga ham faol qarshilik ko`rsatib, uning qonuniy talablariga bo`ysunmay davom etganligi uchun uni yaqin IIO tayanch punktiga olib borish maqsadida chap qo`l bilak soxasiga qo`l kishani solinib olib ketilayotganda fuqaro "Meni shifoxonaga olib boringlar" degan, shundan so`ng Pop tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan va sodir etilgan huquqbuzarlik xolati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Fuqaro Pop tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, Pop tuman IIB 7-son IIB XPG TP katta inspektori tomonidan unga nisbatan tan jaroxati etkazganligini bayon qilgan.

Реклама на Unews

Sud-tibbiy ekspertizasi Pop tumani bo`limining 27.09.2020 yildagi dastlabki ma`lumotnomasida esa fuqaroning jaroxati-chap bilak yumshoq to`qimalarining lat eyishi va shlingan jaroxatlar aniqlanganligi ko`rsatilgan.

Ushbu xolat bo`yicha tuman prokuraturasiga xabar berilib, xozirda prokuratura tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring