Namanganda seyfdagi 500 AQSh dollarini o‘g‘irlagan shaxs fosh etildi

Joriy yil 3 mart kuni, Pop tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 fevral kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs, yashash uyida bo‘lgan temir seyf ichidan 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Pop tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu kuni yashash uyiga mehmonga kelgan tanishi, Toshkent viloyatida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 mart kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring