Namanganda gaz zapravkada navbatda turgan "Damas" yonib ketdi. Sababi...
3139 11-01-2021 0 O'zimizdaTo`raqo`rg`onda "Damas" avtomobilida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan IIV Yo`l harakati xavfsiligi bosh boshqarmasi axborot xizmati ma`lumot berdi
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 11 yanvar kuni To`raqo`rg`on tumani hududida joylashgan gaz quyish shoxobchasiga kirish uchun navbatda turgan, haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobilning dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvchi oqibatida yong`in yuzaga kelgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan To`raqo`rg`on tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo`lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha, Namanganda gaz to`ldirish shoxobchasida navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etgan edi
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!