Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi (+foto)

Namangan viloyati Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” ishtirokida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH 16 dekabr kuni soat 16:30larda shahardagi I.Karimov-Istiqlol ko‘chalari kesishgan "Fazo" chorrahasida sodir bo‘lgan. “MAN” yuk mashinasi haydovchisi A.A. harakatlanayotib chorrahadan N.M. boshqaruvidagi “Neksiya” bilan to‘qnashgan.

Strashnoye DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey

Реклама на Unews

To‘qnashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan. “Neksiya”da bo‘lgan 42 yoshli haydovchi N.M, uning 39 yoshli rafiqasi M.X., haydovchining 13, 10 yoshli farzandlari M.B. va A.B., yo‘lovchi bo‘lgan 34 yoshli G.SH. va 7 yoshli M.SH.lar hodisa joyida yonib ketib vafot etishgan.

Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi (+foto)

Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring