Namanganda 31 yashar yigit jiyaning sevgilisini bir mushtda o‘ldirdi

Namangan viloyati Norin tumanida 31 yashar yigit 26 yashar jiyani bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan yigitni bir musht bilan o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Voqea joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 06:00 larda Norin tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro 1990 yilda tug‘ilgan tanishi 1994 yilda tug‘ilgan jiyani bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib yurgani yuzasidan o‘zaro janjallashib, yigitning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urgan.

Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Реклама на Unews

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida, marhum bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miya pardalari ostiga katta hajmda qon quyilishi, og‘ir darajali miya lat yeyishi, miya komasi, lab sohasi qontalash jarohatlanishi oqibatida o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi natijasida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring