Namanganda 23 yoshli qiz ikki nafar erkakni do`pposladi

25 iyun kuni soat 17:30 da 23 yoshli G.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Norin tumani Zarbdor MFY hududidan o`tgan avtomobil yo`lida 33 yoshli U.A., ni hech bir sababsiz qasddan qo`llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do`pposlab tan jarohati etkazgan. O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Bundan tashqari, G.A. o`zining jinoiy hatti-harakatlari davom ettirib, bezorilik harakatlarini oldini olayotgan 30 yoshli A.N., ga faol qarshilik ko`rsatib, uning yuz qismiga qo`llari bilan qasddan bir necha marotaba urgan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan G.A., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko`rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko`rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Реклама на Unews

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring