Namanganda 12 nafar fuqaro Qirg`izistonning “Gradusnik” spirtli ichimligidan zaharlandi. Qurbonlar bor

2020 yil 29-31 dekabr kunlari Namangan viloyatining To`raqurg`on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg`iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste`mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o`tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.  Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan  To`raqurg`on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring