Namangan viloyat IIV xodimida ham koronavirus tasdiqlandi

Avval xabar qilganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, 4 iyun kuni davomida koronavirus aniqlangan 96 nafar bemordan 13 nafari aholi orasida aniqlangan. 5 iyun kuni esa, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi kamayib, 68 nafarni tashkil etgan bo‘lsa-da, ulardan 17 nafari aholi orasidan aniqlangan, deb yozmoqda  "Sof.uz" nashri.

«Media Park»ning yana 2 nafar xodimi va «O‘rikzor»dagi sotuvchining 5 nafar oila a’zosida koronavirus aniqlandi 

"Shundan 9 nafari Toshkent shahridan, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Namangan va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan.

Реклама на Unews

Toshkent viloyati infeksiya aniqlangan fuqarolarning 1 nafari Oqqo‘rg‘on tumanidan bo‘lib, harorati ko‘tarilgan va namuna topshirgan. Yana bir holat esa Qibray tumanida yashovchi fuqaroda qayd etilgan. U Yunusobod bozorida ziravorlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

Bundan tashqari, Namangan viloyati Ichki ishlar hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yo‘l qurilish idorasi xodimi (tana harorati ko‘tarilgan va shifokor maslahati asosida tahlil topshirgan)da ham koronavirus tasdiqlangan.

Tahlillardan oydinlashadiki, nafaqat «qizil» va «sariq» hududlar, balki «yashil» hududlarda ham koronavirus yuqtirib olish xavfi mavjud," - deyiladi SSV axborotida.

Реклама на Unews

Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan karantin va sanitariya qoidalariga so‘zsiz rioya etishni, kasallik alomati sezilgan zahoti shifokorga murojaat etishni hamda ko‘chada, ishxonada, safarda va umuman qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, bir lahza bo‘lsa-da, hushyorlikni yo‘qotmaslikni takror-takror so‘rab qoladi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring