Nahotki! Millionerlar koronavirus tufayli ular uchun soliqlarni oshirishni so‘rashdi!

G20 sammiti arafasida Qo‘shma Shtatlar hamda bir qator boshqa mamlakatlardan o‘nlab millionerlar hukumatdan tushgan mablag‘lar koronavirusga qarshi kurashda ishlatilishi uchun o‘zlaridan olinadigan soliqlarni oshirishga chaqirishdi, deb xabar beradi “Bloomberg”.

Bunday odamlar o‘zlarini “Insoniyat uchun millionerlar” deb atashmoqda.

Qayd etilishicha, petisiya AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Daniya va Nidelandiyadan kelgan 80 ga yaqin millioner tomonidan imzolangan bo‘lib, ular orasida “Walt Disney Co.” vorisi Ebigeyl Disney ham bor.

Реклама на Unews

Ma’lumotlarga ko‘ra, bayonotda millionerlar soliqlarni "darhol" va "abadiy" ko‘tarishni so‘rashmoqda.

Boy odamlarning ta’kidlashicha, koronavirus millionlab odamlarning qashshoqligiga olib kelishi mumkin va shuning uchun imtiyozlarni adolatli taqsimlash tizimini yaratish kerak.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring