"MYu" Ronaldu bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

"Manchester Yunayted" hujumchi Krishtianu Ronaldu intervyusidan so‘ng uning shartnomasini bekor qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi The Telegraph.

Manbaning xabariga ko‘ra, agar futbolchi mavsum yakuniga qadar unga tegishli to‘lovlarni talab qilmasa, klub u bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Klub futbolchi shu tariqa jamoadan qasos olishga harakat qilishidan xavotirda. Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Ronaldu bilan munosabatlarni yanada yomonlashtirmoqchi emas, lekin u endi jamoa vakili bo‘lmasligiga rozi.

Yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin, klub yaqin orada paydo bo‘lishi kerak bo‘lgan intervyuning to‘liq versiyasini kutmoqchi. Agar yangi holatlar yuzaga kelsa, "ishonchning nazarda tutilgan majburiyatini potensial buzish" munosabati bilan shartnomani bekor qilish varianti mumkin.

Реклама на Unews

 

Oldinroq The Sun nashri Ronaldu bilan intervyusini e’lon qilib, u "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagni hurmat qilmasligini, chunki buning evaziga hurmat ko‘rsatmasligini aytgan edi. Shundan so‘ng klub bayonot berdi.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda ingliz klubi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring