BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Mutaxassis koronavirus yana qancha davom etishini ma’lum qildi

Koronavirus pandemiyasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori Sergey Avdeev ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Pandemiya borasida —  biz hali yana bir yildan ortiq ana shunday noodatiy sharoitlarda yashashimizga to‘g‘ri keladi", - dedi Avdeev. — Vaziyat aynan shunday rivojlanishiga biz tayyor edik. Iyul-avgustda kasallanganlar soni kam bo‘lsada, biz "qizil zona"larni saqlab qolgan edik. Ko‘pchillik hozir vaziyat may oyidagidan ham yomon, deyapti, lekin aslida unday emas. To‘g‘ri, kasalxonalarda odam ko‘p, lekin shifokorlar ham koronavirusga qarshi kurashishni ancha o‘rganib olishdi. Davolash uslublari doimo o‘zgarib tursa-da, lekin umumiy hisobda ushbu kasallikning jilovi qo‘lga olindi. Biz qanday hollarda atibiotiklardan foydalanish kerakligini ham tushundik. Ko‘plab terapiya uslublariga yondashuvni o‘zgartirdik". 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin yana bir rossiyalik epidemiolog Mixail Favorov ham pandemiya 2022 yilda yakunlanishi haqida OAVga xabar bergan edi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring