Mutaxassis koronavirus — eng kuchli grippdan besh baravar xavfli ekanligini aytdi

25 yillik ish tajribasiga ega isroillik mutaxasiss Evgeniy Kachmanning tushuntirishicha,  koronavirusdan farqli ravishda odatiy grippda butun organizmda zararlanishlar kuzatilmaydi. Vrachlar anchadan beri bunaqa holatni (koronavirusdagi kabi) kuzatishmagan. 

"Biz shifokorlar faktlar bilan ishlab o`rganganmiz. Mana sizga fakt: mavsumiy gripp oqibatida, u hatto eng kuchlisi bo`lsa ham, kasallar o`rtasida o`lim holatlari 1 foiz nari-berisida kuzatiladi. Koronavirusga chalinganlarda esa bu ko`rsatkich besh baravar yuqori».

️«Gripp bilan kasallanganlarni davolashda tajribam katta, menga ishonavering, koronavirus butunlay boshqa kasallik, ehtiyot bo`ling! Eng katta muammo koronavirus poliorgan etishmovchiligini keltirib chiqarishi: o`pkalar bilan birga yurak, tomirlar, buyraklar, bosh miyaga shikast etkazishi mumkin», deydi u. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring