Musulmonlar idorasi koronavirusga aloqador kitob nashr qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli «Movarounnahr» nashriyoti «Vabo – insonlar uchun bir sinov» kitobini nashr qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarovning aytishicha, kitobda butun insoniyatga va yurtimizga yuborilgan yuqumli kasallik, unga qanday munosabatda bo‘lish, ommaviy epidemiya - pandemiya sharoitida o‘zni qanday tutish to‘g‘risida, har qanday sharoitda mehnat qilib, Alloh bergan nasibani halol yo‘l bilan topish haqida maqolalar bor.

Shuningdek, shoxdor virus sharoitida respublikamizni iloji boricha kamroq talafot bilan olib chiqish yo‘lida prezident va hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida muftiy Usmonxon Alimov va boshqa taniqli ulamolarning maqolalari borligi aytilmoqda.

Реклама на Unews

«Sinovlar orqali Alloh o‘z bandalarini sinaydi, O‘ziga yaqinlashtiradi va gunohlarini kechiradi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun mashaqqat talab qilinganidek, Alloh taoloning roziligini topish uchun ham sinovlarga sabr qilish lozim,» deyiladi muftiy yozgan so‘zboshida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring