Mustaqillik bayrami o`tkazilishi munosabati bilan Toshkent viloyati tumanlaridagi bir nechta yo`llar yopiladi

Toshkent viloyatida bir qator yo`llar ma`lum muddatga yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Bo`stonliq tumanida O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami tantanalari o`tkazilishi munosabati bilan tadbir o`tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida joriy yilning 25 avgust kuni soat 17:00 dan to 23:00 ga qadar G`azalkent shahri hududidan o`tgan 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo`lining 51 kmdan (Gazalkent shahriga asosiy kirish yo`li Bukri (gorbatiy) ko`prik oldidan) 53 kmga (Ibn Sino ko`chasidagi qurilish do`koni) qadar to`liq transport vositalari harakati cheklanadi.

 

Shuningdek, Yangiyo`l shahrida O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami tantanalari o`tkazilishi munosabati bilan tadbir o`tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida joriy yilning 25 avgust kuni soat 16:00 dan 22:30 ga qadar Yangiyul shahar Sh.Rashidov va Samarqand ko`chalari kesishmasidan Samarqand ko`chasining A.Shermatov (yangi osma ko`prik) va Vatanobod ko`chalari bilan kesishgan chorraxa oralig`i to`liq avtotransport vositalari xarakati cheklanadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring