BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Murodjon Ahmadaliyevga yangi raqib topildi

O‘zbekiston professional boks federatsiyasining xabariga ko‘ra, professional boksning birinchi yarim yengil vaznda WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini filippinlik Marlon Tapalesga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.

Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) Ahmadaliyev-Tapales jangini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Unda keltirilishicha, har ikkala bokschi jamoasi ushbu uchrashuv masalasida 25 oktyabrgacha yakuniy qarorga kelishi lozim.

Tomonlarning muzokarasi ijobiy yechim topmagan taqdirda mazkur jangni tashkil etish huquqi ochiq auksionda hal etiladi.

Filippinlik bokschi o‘z vaqtida IBF chempionlik kamari sohibi bo‘lgan. Professional ringdagi faoliyati mobaynida 36 ta jang o‘tkazib, 3 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Hozirda u ushbu yo‘nalishda chempionlikka majburiy da’vogar sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev joriy yil iyun oyidagi so‘nggi jangida amerikalik Ronni Riosni muddatidan oldin mag‘lub etib, chempionlik kamarlarini himoya qilgandi.

Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring