Murodjon Ahmadaliyev kutib olindi

AQShning Manchester shahrida o‘tkazilgan jangda chililik Xose Velaskesni 12 raundlik jangda mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining WBA va IBF kamarlarini himoya qilgan bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev bugun Toshkentga qaytib keldi.

Chempion bokschimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati, Milliy Gvardiya qo‘mondonligi, OAV vakillari, bokschining yaqinlari va muxlislar ishtirok etishdi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring