Munisa Rizayeva: «Odamlar koridorda o‘lib ketyapti»

 Xonanda Munisa Rizayeva "Instagram"dagi sahifasida jonli efir orqali muxlislar bilan muloqot qilib, koronavirusga chalinib, kasalxonada ekanligini, uch hafta davolanganidan so‘ng ahvoli yaxshilanayotganini bildirdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Uch marta koronavirusga test topshirdim, chiqmadi. Issig‘im chiqib, mazam bo‘lmadi. Ikki haftadan keyin yana topshirdim, shundagina koronavirus aniqlandi. Testlarga ishonmanglar, issig‘ingiz chiqib, holsizlikni his etsangiz, davolanishni boshlang», — deydi xonanda.

Shuningdek, Munisa Rizayeva hozirda kasalxonalarda ahvol tangligini, shifokorlar yetishmay, odamlar koridorda o‘lib ketayotganini ham aytib o‘tdi:

Реклама на Unews

«Men bir narsani aytaman: Shifokorlar juda ham kam, hech kim hech kimga qaramayapti, odamlar o‘zi davolanishga majbur bo‘lyapti. Menga ko‘pchilik "Sizning pulingiz ko‘p, shuning uchun ota-onangizni kasalxonaga yotqizdingiz, o‘zingiz ham yotdingiz" deb aytyapti.

Bugun pul va tanish-bilish hech narsani hal qilmayapti. Men o‘zim kimlarga qo‘ng‘iroq qilmadim, adam va onam og‘ir, yordam beringlar deb. Lekin hech qanday tanishlaringiz sizga yordam bermayapti. Munisa Rizayeva bo‘lasanmi, hokim yo vazir bo‘lasanmi, hech kim bir-birini eshitmayapti. Virusolog va pulmonologlar hech kim bir-birini eshitmayapti.

Bir kunda kichkina kasalxonaga 1000-2000 kasal kelyapti. Odamlar koridorda o‘lib ketyapti. Shunisini ayta olaman, men lekin. Chunki bu narsani men o‘zim ko‘zim bilan ko‘ryapman. Hech narsa hal qilinmayapti. Ko‘p odamlar qiynalganidan ham o‘lib ketyapti. Kerak bo‘lsa, butun respublikada apparatlar kam, kasallar esa ko‘p. Ko‘pchilikka rahmim kelyapti. Lekin ayb vrachlarda emas, davlat rahbarlarida ham emas. Ular jismonan ulgurmayapti. Shifokorlar kam, kasallar ko‘p. Hamma bir vaqtda kasal bo‘lib qoldi, dunyo bunga tayyor emasdi.

Реклама на Unews

Kim kasal bo‘lmasa, iltimos uydan chiqmanglar. O‘zinglarni, ota-onalaringni asranglar!», — deydi Munisa Rizayeva.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring