Mudofaa vazirligi qo`shinlarida muddatli harbiy xizmatni o`tayotganlar uchun harbiy imtiyoz olish uchun test sinovlari boshlandi

Mudofaa vazirligi qo`shinlarida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan o`g`lonlar oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishda qo`shimcha ball beradigan imtiyozli tavsiyanomani qo`lga kiritish uchun test topshirishmoqda. Bu haqda vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Toshkent Davlat agrar universitetida bo`lib o`tgan test sinovlarida Toshkent harbiy okrugi hududidagi harbiy qism va muassasalarda o`z burchini o`tayotgan Vatan himoyasidagi yigitlar o`zlarining egallagan bilim va ko`nikmalarini namoyon qildilar.

Talabgorlar jangovar, ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarlik, matematika, fizika va mantiqdan test topshirdilar. Ularga avval Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlari yo`riqnoma o`tkazishdi. Nazoratchilar guvohligida test topshiriqlari kitoblari muhri ochilib, tarqatildi. Test sinovlarini bajarish va javoblarini belgilash uchun 3 soat vaqt ajratildi.

Реклама на Unews

– Askarlarning bilimi 100 ta savol asosida baholanmoqda, —  deydi Davlat test markazi xodimi Sodiqjon Talipov. — Imtihon jarayonida shaffoflikni ta`minlash maqsadida kuzatuv kameralari o`rnatildi. Test jarayonidan kimdir norozi bo`lsa, javobi e`lon qilingandan keyin ikki kun ichida murojaat qilishi kerak. Agar o`zlaridan xatolik o`tib, belgilangan tartib-qoidalarni buzsa, testdan chetlashtiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab bo`lgan fuqarolarga harbiy qismlar qo`mondonligi tomonidan oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab, harbiy qismlar qo`mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo`lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy ta`lim muassasalaridagi tegishli ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko`ra to`plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo`shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo`ladilar.

Реклама на Unews

Test sinovlari barcha hududlarda o`tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring