Mourino “Real”ga xabar jo‘natdi

Konferensiyalar ligasi yarim finalida “Lester”ni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqqan “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Real”ni boshqarayotgan hamkasbi Karlo Anchelottiga murojaat qildi.

Ma’lumki, italiyalik mutaxassis boshqaruvidagi “Real” Chempionlar ligasi yarim finalida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Manchester Siti”ni 6:5 hisobida yengib, eng nufuzli turnirning finaliga yo‘llan olgandi.

Do‘stim va hamkasbim – buyuk Karlettoga (Karlo Anchelotti) xabar yo‘llashimga ijozat bering. Kel do‘stim, o‘zimiz ishtirok etadigan finallarni yutaylik!, - dedi Joze Mourino.

“Real” Chempionlar ligasining finalida “Liverpul” bilan kuch sinashadi. Hal qiluvchi o‘yin 28 may kuni Parijda tashkil etiladi.

“Roma” Konferensiyalar ligasining hal qiluvchi bahsida “Feyenoord”ga qarshi o‘ynaydi. So‘nggi bahs 25 mayda Albaniyaning Tirana shahrida bo‘ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring