Moskvadagi Parad vaqtida mehmonlar masofa saqlaydilar

Bugun Rossiya poytaxtida Gʻalaba paradi boʻlib oʻtadi. Tribunalarda mingdan ziyod odamlar yigʻiladi. Paradni turli mamlakatlar prezidentlari tomosha qilishadi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Moskvadagi Gʻalaba paradi mehmonlari ijtimoiy masofa meʼyorlarini hisobga olgan holda joylashtiriladi, shu maqsadda markirovkalar chizib chiqildi, deb xabar berdi RIA Novosti RF prezidenti administratsiyasi matbuot kotibi Yelena Krilovaga tayangan holda.

 

Реклама на Unews

Ayolning soʻzlariga koʻra, Qizil maydondagi ikkita tribunaning biri 1 089 kishini, yana biri — 150 kishini sigʻdiradi.

"Mehmonlarni joylashtirishda xavfsiz masofalanishni taʼminlash maqsadida razmetkalar chizib chiqilgan. Qizil maydonning bayramona bezaklari oʻrnatilgan, bruschatkada parad razmetkalari chizilgan", - dedi Krilova.

SSSR va Rossiyada Gʻalaba paradlari qanday oʻtkazilgan >>>

Реклама на Unews

Sal oldin RF prezidenti Vladimir Putin murakkab epidemiologik vaziyat tufayli Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga oʻtkaziladigan paradni 24 iyunga qoldirish haqida qaror qabul qilgan edi. Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib keldi. Ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring